Mening ishim shunchaki hisobot to'ldirish emas — 1C, soliq va bojxona jarayonlarini bir zanjirga bog'lab, korxonangiz raqamlarini tartibga solaman va takrorlanadigan ishlarni avtomatlashtirib vaqtingizni tejayman.
Yillar davomida O'zbekiston korxonalari uchun buxgalteriya hisobini yuritaman: 1C:Buxgalteriya 3.0 da kunlik operatsiyalardan tortib soliq hisobotlarigacha. Soliq kodeksi, bojxona qoidalari va BHMS standartlarini amaliyotda qo'llayman.
Mening yondashuvim — tayyor shablon emas, korxonangizning real jarayoniga moslangan tizim. Hujjat kiritishdan tayyor hisobotgacha hammasi bog'langan zanjirda ishlaydi.
Bundan tashqari Trast Broker jamoasi bilan ishlayman va @buxgalteriyabojxona Telegram kanalida buxgalterlar uchun soliq, bojxona va 1C bo'yicha amaliy bilim ulashaman.
Birlamchi hujjatlar, provodkalar va hisobot bilan ishlash — fundament shu yerda qurilgan.
QQS, daromad solig'i, import-eksport hisobi va bojxona rasmiylashtiruvi bo'yicha amaliy ish.
1C konfigurator, Telegram botlar va web ilovalar orqali buxgalteriya jarayonlarini avtomatlashtirish.
Kunlik hisob yuritishdan to'liq avtomatlashtirilgan tizimlargacha — hammasi bir joyda.
1C:Buxgalteriya 3.0 da hisobni to'liq yuritish, sozlash, baza tartibga solish va xatolarni tuzatish.
QQS, daromad va aylanma solig'i hisob-kitobi, soliq hisobotlarini to'g'ri va o'z vaqtida topshirish.
Import-eksport operatsiyalari, valyuta kursi farqlari va bojxona rasmiylashtiruvining buxgalteriya aksi.
Telegram botlar, web ilovalar va Google Sheets tizimlari — hisob-kitoblarni avtomatik bajaradi.
Konfigurator orqali maxsus kengaytmalar (расширение): hujjatlarni PDF/Excel'da jo'natish va integratsiyalar.
Yosh buxgalterlar uchun hisoblar rejasi, amaliy darslar va kanal orqali bepul bilim ulashish.
Summani kiriting — soliq, sof qiymat va jami bir zumda qayta hisoblanadi. Real botlarimda xuddi shunday, faqat o'nlab formulalar bilan ishlaydi.
Har bir loyiha — buxgalterlarning real ishini yengillashtiradigan amaliy vosita.
Kirim, bank to'lovlari, soliqlar, oyliklar va solishtiruvni bir joyda yuritadigan web platforma.
IshlamoqdaYosh buxgalterlar uchun O'zbekiston hisoblar rejasini o'rgatuvchi ilova — test rejimi bilan.
Google Play uchun tayyorOtpusk, bolnichniy, bojxona to'lovlari va overtime — labor va soliq formulalari asosida avtomatik hisob.
@buxgalteriyabojxonaHar qanday 1C hujjatini PDF yoki Excel ko'rinishida to'g'ridan-to'g'ri Telegram'ga jo'natuvchi kengaytma.
РасширениеOvozli xabarni matnga aylantirib, Google Sheets'ga saqlovchi bot — eslatmalar va hisob uchun.
Cloud + SheetsO'zbekiston hisoblar rejasining interaktiv qo'llanmasi — kanal va o'quvchilar uchun.
HTML vositaHozir ishlayotgan yo'nalishlarim: 1C integratsiyalari · import-eksport hisobini avtomatlashtirish · buxgalterlar uchun o'quv vositalari
Soliq, bojxona va 1C bo'yicha amaliy bilimlarni hamjamiyat bilan beminnat ulashaman.
Buxgalteriya va Bojxona — soliq yangiliklari, 1C maslahatlari, hisob-kitob misollari va real savollarga javoblar.
Kanalga o'tish →Savolingiz bormi yoki 1C / soliq bo'yicha yordam kerakmi? Qulay usulda yozing — tez javob beraman.